locale OZ

Shohruhbek Abdurahmonov – “Navbahor” futbolchisi

Yakunlangan mavsumda “So‘g‘diyona” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shohruhbek Abdurahmonov – “Navbahor” futbolchisi
photo: Navbahor FK

Tajribali yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Shohruhbek Abdurahmonov – 1999-yil, 8 mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2019 – 2021-yillar, 2022-yilning 2-davrasi), Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 2022-yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2023-yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2024-2025 yillar) jamoalarida o‘ynagan.

Bundan tashqari, Shohruhbek Abdurahmonov 2019-yili O‘zbekiston – U-23 tarkibida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Yakunlangan mavsumda “So‘g‘diyona” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting