locale OZ

Shodiyor Shodiboyev: 2026-yil istalgan jamoa uchun qiyin o'tadi

"Lokomotiv" hujumchisi Shodiyor Shodiboyev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shodiyor Shodiboyev:  2026-yil istalgan jamoa uchun qiyin o'tadi
photo: Lokomotiv fk

"Lokomotiv" hujumchisi Shodiyor Shodiboyev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Yangi mavsum uchun boshlangan tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Tayyorgarlikni katta tempda boshladik. Hozircha asosiy e`tibor jismoniy holatni oshirishga qaratilgan. Yanvar oyida bizni ajoyib tayyorgarlik kutmoqda. Har xolda Superligada o'ynash uchun katta kuch kerak bo'ladi. Biz barcha holatga tayyor bo'lib kirmoqchimiz.

- O'tgan mavsum biz uchun barchasi kechroq yakunlandi. Vazifani bajarish kechikkani sabablari nimada?
- Ha, biz vazifani ertaroq bajarib, ko'ngilni xotirjam qilmoqchi bo'lgandik. Lekin chempionlik so'nggi turdagina hal bo'ldi. Mavsumning og'ir o'tganini, jamoalarning soni va o'yinlar kamligini hisobga olsak, hammamiz ham holatning bunday bo'lib ketishini kutmagandik. Lekin biz mavsumni peshqadam sifatida yakunlashimizga 100 foiz ishongandik. Muhimi vazifa uddalandi.

- Ushbu mavsumda 22 o'yinda 6 gol va 1 assist qayd etdingiz. Keyingi mavsum o'zingizdagi qanaqa talablarni yanada kuchaytirmoqchisiz?
- O'tgan mavsumdan qoniqish hosil qilmadim. 6 gol va 1 assist hujumchi uchun juda kam. Bu o'tish yili bo'ldi. Endi keyingi mavsum uchun rejalarimni kuchaytiraman. Jamoamga ko'proq foydam tegishiga, gollar urib, g'alabalar keltirishga intilaman.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- 2026-yil istalgan jamoa uchun qiyin o'tadi. Buni barcha futbol muxlislari bilib turibdi. Jamoalar istalgan raqiblariga raqobat taklif qiladi, kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. O'z navbatida biz ham sovrinli o'rinlar uchun o'ynaymiz. Barchani oldinda qiziq mavsum kutmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting