locale OZ

Shmitser: «Holand — APLning eng yaxshi hujumchisi, ammo eng yaxshi futbolchisi emas»

Soboslai joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shmitser: «Holand — APLning eng yaxshi hujumchisi, ammo eng yaxshi futbolchisi emas»
ФОТО: Getty images

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Vladimir Shmitser Muhammad Saloh ketganidan keyin ayni paytda Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi kim ekani haqida fikr bildirdi.

«Erling Holand — Premer-liganing eng yaxshi hujumchisi, ammo uni eng yaxshi futbolchi deb ayta olmayman. Men Dominik Soboslaini tilga olgan bo‘lardim, ammo u joriy mavsumda hali o‘zining eng yaxshi formasiga kirgani yo‘q», — dedi Shmitser Grosvenor Sport nashriga.

Soboslai joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

APLning 5 turidan keyin «Liverpul» 9 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting