locale OZ

Shlotterbek «Real» safiga oʻtishga yaqin turibdi — AS

Germaniyalik himoyachi «Borussiya D» bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shlotterbek «Real» safiga oʻtishga yaqin turibdi — AS
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. AS nashri xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati uchun aynan markaziy himoya pozitsiyasini mustahkamlash yozgi transfer oynasidagi eng ustuvor vazifa etib belgilangan.

Manbaning ma’lum qilishicha, 26 yoshli germaniyalik futbolchi «asalarilar» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni rad etmoqda. Shu sababli, Dortmund klubi uni kelayotgan yozda sotib yuborish niyatida. So‘nggi haftalar davomida «Qirollik klubi» Shlotterbekning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Madridliklar himoyachining «Borussiya» o‘yinidagi ulkan hissasi va Germaniya terma jamoasining asosiy figurasiga aylanganini yuqori baholamoqdalar.

Ushbu transferning amalga oshishida ikki klub o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va yaqin munosabatlar muhim omil bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Hozirda «Borussiya» o‘z yetakchi himoyachisining transfer bahosini taxminan 50 million yevro etib belgilagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting