Shlotterbek faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Unga “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari himoyachi uchun kurashmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Borussiya” hozir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan, shu sababli foydali taklif tushsa, klub 25 yoshli himoyachini sotib yuborishi mumkin.
Dortmundliklar futbolchini 40-50 million yevro atrofida baholamoqda. Ammo Nikoninig shartnomasi 2027 yilda yakunlanishi inobatga olinsa, bu summa biroz kamayishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Shlotterbek joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.