Sheymus Koulman faoliyatini \"Sheffild Yunayted\"da davom ettirishi yoki \"Everton\" murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin
"Everton"ning sobiq himoyachisi Sheymus Koulman erkin agent maqomida "Sheffild Yunayted" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Sheffield Star nashri xabar bermoqda.
"Tig‘lar" hamkorlik masalasida 37 yoshli futbolchi bilan allaqachon aloqaga chiqishgan, biroq irlandiyalik himoyachi hozircha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Koulman butunlay butsalarini mixga ilishi va "Everton" tizimida murabbiylik lavozimlaridan birini egallash uchun ortga qaytishi ham ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumot uchun, Sheymus Koulman Irlandiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatining dastlabki yillarida "Slaygo Rovers" klubida to‘p tepgan. Futbolchi 2009-yildan 2026-yilga qadar uzluksiz ravishda "Everton" sharafini himoya qildi. U "irischilar" safida jami 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.