Shevalye va Dembele «PSJ»ning «Atletik»ga qarshi oʻyinini oʻtkazib yuboradi
Ushbu bahs 10 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye jamoaning Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 6-tur o‘yini uchun qaydnomaga kiritilmadi. Bu haqda jurnalist Fabris Houkins X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar ro‘yxatiga vinger Usmon Dembele ham kiritilmagan.
Qayd etilishicha, Shevalye hali ham to‘piqdagi og‘riqdan aziyat chekmoqda, Dembele esa virusli kasallikka chalingan. Liga 1ning 15-turida jarohat olgan Lyukaning o‘rniga Matvey Safonov asosiy tarkibda maydonga tushgandi.
Maʼlumot uchun, «Atletik» — «PSJ» uchrashuvi 10 dekabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist