locale OZ

Shevalye «PSJ»ni tark etishga shoshilmayapti

Bu haqida Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shevalye «PSJ»ni tark etishga shoshilmayapti
ФОТО: Getty images

Darvozabon Lyuka Shevalye “PSJ” klubini tark etish istagini bildirmagan. Bu haqida Le Parisien nashri xabar bermoqda.

24 yoshli posbon jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening ishonchini saqlab qolmoqda va Parij klubi ham futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o'tamiz, Shevalye yakunlangan mavsum davomida rossiyalik golkiper Matvey Safonov bilan raqobatda yengilib, zaxiraga mixlanib qolgan edi.

Fransiyalik darvozabon 23 yanvardan buyon “PSJ” safida maydonga tushgani yo'q. U o'tgan mavsumda Fransiya Liga 1 musobaqasida jami 17 ta o'yinda ishtirok etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting