Shevalye «PSJ» mashgʻulotlarida qatnashmadi
Darvozabon tovonidan jarohat olgan.
FOTO: Getty Images
«Pari Sen-Jermen» darvozaboni Lyuka Shevalye 3 dekabr, chorshanba kuni jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi tovonidagi jarohati sabab mashg‘ulotni o‘tkaza olmagan.
«Murabbiylar shtabi uning holatini diqqat bilan kuzatadi. Darvozabonning shanba kuni o‘tkaziladigan “Renn”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi hozircha so‘roq ostida», — deb yozdi Xoukins.
Lyuka Shevalye «Monako»ga qarshi Liga 1’ning 14-tur uchrashuvida jarohat olgan edi. Ushbu bahsda «PSJ» 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan, yagona golni Takumi Minamino urgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist