locale OZ

Sheshko Amorim «MYU»dan ketganidan soʻng ikki oʻyinda yarim mavsumdagidan koʻproq gol urdi

Avvalroq mankunianliklar portugaliyalik mutaxassisni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sheshko Amorim «MYU»dan ketganidan soʻng ikki oʻyinda yarim mavsumdagidan koʻproq gol urdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benjamin Sheshko Angliya Kubogi uchinchi raundida «Brayton»ga qarshi o‘yinda (1:2) gol urdi. Shu tariqa, sloveniyalik futbolchi Ruben Amorim iste’foga chiqqanidan keyingi ikki uchrashuvda uchinchi golini nishonladi. Bu ko‘rsatkich uning mavsumning avvalgi qismidagi natijasidan ham yuqori.

Avvalroq Sheshko «Byornli»ga qarshi bahsda (2:2) dubl muallifiga aylangandi. Joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Sloveniya terma jamoasi a’zosi 2025 yil yozida «Manchester Yunayted»ga «RB Leyptsig»dan 85 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Ushbu summaning 76,5 mln yevro — kafolatlangan to‘lovlar, 8,5 mln yevro — bonuslardan iborat. Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil iyunigacha amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting