Sherzod Temirov Iroqning «Erbil» klubi bilan xayrlashdi
Hujumchi joriy mavsumda Iroq chempionatida 28 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov ijtimoiy tarmoqlar orqali Iroqning «Erbil» klubini tark etganini e’lon qoldi.
Hujumchi joriy mavsumda Iroq chempionatida 28 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.
Temirov «Erbil» safida bir yil davomida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan. Ularning 28 tasini liga o‘yinlarida kiritib, to‘purarga aylangan. Jamoa yakunda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Temirov faoliyatini O’zbekiston chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist