Sherzod Temirov Iroq chempionatining to‘purari bo‘ldi
Unga Osiyo jamoalaridan takliflar bo‘lmoqda.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov Iroq chempionatining to‘purari bo‘ldi.
Forvard 28 ta gol urib, bu unvonga sazovor bo‘ldi. Iroqda mavsum yakuniga yetdi. Sherzod “Erbil” safida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi.
Temirovning Iroq jamoasini tark etishi kutilmoqda va faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Unga Osiyo jamoalaridan takliflar bo‘lmoqda.
Shuningdek, Sherzod faoliyatini O‘zbekiston chempionatida ham davom ettirish ehtimoli borligi istisno emas.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist