Sherzod Temirov ham Iroq chempionatida to'p tepadi
Photo: Getty Images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov faoliyatini Iroq chempionatida davom ettiradi.
26 yoshli futbolchi "Erbil" klubi bilan bir yillik bitim imzoladi. Temirovning so‘nggi jamoasi Gonkongning "Kitchee" jamoasi bo‘lgandi.
Futbolchi faoliyati davomida "Nasaf", "Mash'al", "Paxtakor" va "Persepolis" jamoalarida to‘p tepgan. Transfermarkt portali futbolchini 400 ming yevroga baholagan.
Avvalroq Baxtiyor Qosimov ham Iroq klubi bilan shartnoma imzolagandi. Qayd etish lozim, Qosimov bu ligada o‘ynaydigan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylangandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor