Sherzod Temirov «Al-Karma» bilan muzokaraga kirishdi
Sherzod hozirda Iroq chempionatida 24 ta gol bilan to‘purarlik ro‘yxatida peshqadam.
Фото: Эрбил
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov faoliyatini Iroq chempionatida davom ettirmoqda.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, futbolchi faoliyatini “Al-Karma”da davom ettirishi mumkin. Hozirda u “Erbil”da to‘p surmoqda va jamoada moliyaviy muammolar kuzatilmoqda.
Temirov “Al-Karma” bilan muzokaralarni faol tarzda davom ettirmoqda va uning ushbu klub safiga qo‘shilishi ehtimoli yuqori.
Ma'lumot uchun, Sherzod hozirda Iroq chempionatida 24 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.