locale OZ

Sherzod Jo‘rayev — «Navbahor» bosh murabbiyi

Klub bugun Sergey Lushanni iste'foga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherzod Jo‘rayev — «Navbahor» bosh murabbiyi
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

"Bugun oqshomda jamoamiz mashg‘uloti oldidan jamoamiz vitse-prezidenti Akramjon Gapparovich Dedabayev tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sherzod Jo‘rayevni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Sherzod Hamidovich Jo‘rayev “Navbahor”ning sobiq futbolchisi, ko‘p yillar jamoamiz murabbiylar shtabida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan hamda mavsum startidan shu kungacha yoshlar jamoamizni boshqarayotgan edi.

Sherzod Hamidovich boshqaruvida "Navbahor U-21" jamoamiz hozirda musobaqa peshqadami sifatida turnir jadvalini boshqarib kelayotgan edi", — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting