locale OZ

Sherzod Jo'rayev: Endi bu futbol, doim ham yutishning imkoni yo'q

Navbahor bosh murabbiyi Xorazm bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherzod Jo'rayev: Endi bu futbol, doim ham yutishning imkoni yo'q
photo: Navbahor FK

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Jo'raev fikr bildirdi.

"O'yin og'ir kechishini bilardik. Chunki "Xorazm" Superligada qolish uchun kurashyapti va bizga qarshi bor kuchini ishga solishi tabiiy edi. Raqib jamoa yaxshi shakllangan, tajribali murabbiylar shtabidan iborat. Biz ham o'zimizni ko'rsatish maqsadida bor etiborni g'alabaga qaratdik.

Oxirgi o'yinlarda o'zimizni ko'rsata olmagandik, Kubok musobaqasidan ham chiqib ketdik. Hozir ko'proq futbolchilarni ruhan tiklash ustida ish olib boryapmiz. Endi bu futbol, doim ham yutishning imkoni yo'q. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting