Sherzod Esanov Belarusning «Dinamo-Brest» klubi a'zosiga aylandi
O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim himoyachisi Sherzod Esanov Belarusning "Dinamo-Brest" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda brestliklar bilan kelishuvga erishildi.
22 yoshli futbolchining "Dinamo-Brest" bilan shartnomasi 2025 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Esanov 2003 yil 1 fevralda O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan. U "Qizilqum" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik u "Chig‘atoy", "Andijon" va "Olimpik" jamoalarida to‘p surgan. O‘zbekiston chempionati doirasida u 27 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
2024 yil yozida Esanov Rossiyaning RPLda ishtirok etuvchi "Akron" klubiga yo‘l oldi. U yerda yarim himoyachi chempionat va Rossiya kubogi doirasida jami 16 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan.
Klub darajasidagi faoliyatidan tashqari, Esanov mamlakat terma jamoalarida ham boy tajribaga ega. U O‘zbekiston U20 terma jamoasi bilan 2023 yili Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgan, U23 tarkibida esa 2022 yilgi Yozgi Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.