locale OZ

Sherzod Esanov 'Akron'ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherzod Esanov 'Akron'ni tark etdi
Photo: Getty Images

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim himoyachisi Sherzod Esanov erkin agentga aylandi.

22 yoshli futbolchi "Akron" bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi.

Shu tariqa, Rossiya Premyer-ligasida o‘zbekistonlik futbolchi qolmadi.

Esanov "Akron" safiga 2024 yil iyul oyida "Andijon"dan qo‘shilgandi. U Rossiya klubi tarkibida RPLda 9 ta, kubokda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi.

Sherzod faoliyati davomida "Andijon"dan tashqari "Olimpik" klubida ham to‘p surgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting