Sherzod Abdurahimov yana Qirg‘izistonda o‘ynaydi
Kelishuv mavsum yakunigacha amal qiladi.
Фото: Шўртан ПФК
O‘zbekistonlik darvozabon Sherzod Abdurahimov faoliyatini Qirg‘iziston chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, 31 yoshli darvozabon “Toktog‘ul” klubi bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv mavsum yakunigacha amal qiladi.
Abduarimov bunga qadar “Kaganat”, “Alay” va “Neftchi” jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, “Sho‘rtan”, “Norin”, “Neftchi” (Farg‘ona), “Norin”, “Zomin” va “Tsementchi” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist