\"Sherlar\" bugun \"qizil iblislar\" bilan to'qnash keladi
Ispaniyadagi “San Mames” o'yingohi klub tarixidagi uchinchi, yangi maydon tarixidagi birinchi yevropa ligasi yarim final bahsiga mezbonlik qiladi.

Raqib qo'rqinchli, “Manchester Yunayted”! Dunyodagi eng mashxur klublardan biri. Angliya primyer-ligasidagi omadsizliklariga qaramasdan, “qizil iblislar” yevropa ligasida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa hisoblanadi va bu esa “Yunayted”ning yanada qo'rqinchli ekanligini bildiradi.

Bruno Fernandesh, Harri Maguayer va Garnacho kabi yulduzlar “Old Trafford”dagi javob uchrashuvi oldidan maksimal darajadagi natijani qo'lga kiritish uchun borini berishga Ispaniyaga tashrif buyuradi.

Boshqa tomondan, “sherlar” raqibni hujumlar bilan qarshi olishi va himoyada ham jiddiylikni yoqotmagan holda “San Mames”da g'alabani naqd qilib, Angliyaga final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun borishi kerak bo'ladi.

“Atletik” ushbu chempionatning yarim finalidan ikki marta o'ta olgan va ulardan biri UEFA kubogi nomi ostida kechgandi. Ispanlar bu safar oldingilaridan farqli ravishda yarim finalning javob o'yinida mehmonga safar qiladi.

Balki, “Atletik Bilbao”ning yana bir oltin avlodini ko'rib turgandirmiz, balki, “Manchester Yunayted”ning turnirda g'oliblikni qo'lga kiritishi ohirgi yillardagi omadsizlikning “yuvilib ketishi”ga sabab bo'lar? Bunisini endi vaqt ko'rsatadi.

Yevropa ligasi | 1/2 final
"Atletik Bilbao" vs "Manchester Yunayted"
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.