locale OZ

Sherki \"Siti\"ga o'tishi haqida: \"Manchester City — Yevropaning eng yaxshi klubi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherki "Siti"ga o'tishi haqida: "Manchester City — Yevropaning eng yaxshi klubi"
Photo: Getty Images

“Manchester City”ga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Rayyan Sherki o‘z fikrlarini bildirdi.

"Siti"ga qo‘shilish haqida

“Manchester City”ga kelib qo‘shilganimdan juda xursandman. Bu Yevropaning eng katta klubi. Menga o‘yin uslubi yoqadi, bu juda muhim.

Bu mening tanlovim. O‘ylaymanki, bu mening faoliyatim uchun eng yaxshi tanlov.

Gvardiola haqida

“Men uchun u dunyoning eng yaxshisi. Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb bilaman”, - dedi Sherki klub saytiga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, “Manchester City” 21 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi. Kelishuv qiymati 36,5 mln yevroni tashkil etgan, yana 6 mln yevro bonuslar bor. Shuningdek, "Lion" futbolchining keyingi transferidan 15 % ulush oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting