«Сhelsi» Delap o’rniga Ramushni sotib olmoqchi
Transfermarkt portali Ramushning narxini 35 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
Hujumchi Liam Delap bu yozda "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, London klubi forvardning o'rniga nomzod izlashni boshlagan. "Ko'klar" o'z e'tiborini "PSJ" futbolchisi Gonsalu Ramushga qaratdi va uni qo'lga kiritish uchun kurashga qo'shilishga tayyor.
Poygada allaqachon bir nechta Yevropa jamoalari ishtirok etmoqda. Gonsalu Ramush 2024-yilda "Benfika"dan "PSJ"ga 65 million yevro evaziga o'tgan.
Uning shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Parij klubi safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Ramushning narxini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist