locale OZ

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini tabrikladi!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini tabrikladi!
Photo: gettyimages

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgani munosabati bilan tabrik yoʻlladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgani munosabati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov nomiga tabrik yoʻlladi.

“Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritganingiz bilan Sizni va Oʻzbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

Oʻzbekistonning musobaqa davomida koʻrsatgan ajoyib oʻyinlari yurtingizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish yoʻlida amalga oshirilgan mehnat va saʼy-harakatlaridan dalolatdir.

Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin oʻyinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va FIFA U-17 Jahon chempionatida ham muvaffaqiyat tilayman!

Oʻzbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting