locale OZ

Shaxmat Olimpiadasida Isroilning ikki jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi

Bunga yahudiylarning Yom-Kippur diniy bayrami sabab bo‘ldi.
Shaxmat Olimpiadasida Isroilning ikki jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi
Foto: Getty Images

Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari 6-tur uchrashuvlarida ishtirok etmadi. Bunga yahudiylarning Yom-Kippur diniy bayrami sabab bo‘ldi. Natijada har ikki jamoaga 0:4 hisobida texnik mag‘lubiyat yozildi.

Isroil erkaklar terma jamoasi Niderlandiyaga, ayollar jamoasi esa Bolgariyaga qarshi dona surishi kerak edi. Isroil tomoni uchrashuvlarni Toshkent vaqti bilan 19:30 dan keyin yoki dam olish kuniga ko‘chirishni taklif qilgan, biroq raqib jamoalar bunga rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng Isroil vakillari 6-tur o‘yinlariga kelmagan.

Qiziq tomoni, 5-turda Isroilning raqiblari — erkaklar bahsida Singapur, ayollar o‘rtasida esa Kolumbiya — uchrashuv vaqtini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan edi. FIDE o‘sha bahslarni odatdagi jadvaldan oldinroq, alohida joyda o‘tkazgan va shu tariqa Isroil shaxmatchilariga Yom-Kippurni nishonlash imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda 15–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 turdan iborat. O‘zbekiston turnirda uchta erkaklar va uchta ayollar terma jamoasi bilan ishtirok etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting