Shavkat Yusupov: Iroda ko'rsatishgani uchun futbolchilarimizga ham rahmat
FarDU bosh murabbiyi Olimpik Mobiuz bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: FarDU fk
Proliga 16-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Olimpik Mobiuz" (3:2) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yindan so'ng "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Qo'lga kiritilgan g'alaba bilan "FarDU" klubimiz rahbariyati hamda muxlislarni tabriklayman. Bugun iroda ko'rsatishgani uchun futbolchilarimizga ham rahmat. 0:1 hisobida ortda borayotib uchta gol urib vaziyatni ancha yaxshilab oldik. Keyinchalik yana to'p o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, 3:2ni saqlab qola oldik va navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdik",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor