locale OZ

Shavkat Saidov — «Metallurg» bosh direktori

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Saidov — «Metallurg» bosh direktori
Фото: Металлург ПФК

Bekobodning "Metallurg" klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.

Bungacha klub Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga rasman Shavkat Saidov tayinlandi.

Ma’lumot uchun, 1976-yil 8-avgustda tavallud topgan Shavkat Saidov professional futbolchilik faoliyatida ham 2000 so‘ngra 2004 va 2005-yillarda "Metallurg" PFK sharafini himoya qilgan.

Keyinchalik o‘zbek futbolining tajribali mutaxassislaridan biri bo‘lgan Saidov klub tizimida ma’lum vaqt ishlagan, texnik direktor sifatida hamda bir necha yil mobaynida Bosh direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan.

“Ishonib qolamizki, ushbu tayinlov "Metallurg" professional futbol klubi ravnaqi yo‘lidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ladi. Shavkat Saidov o‘z tajribasi bilan "Metallurg" avvalgi mavqeini tiklashida o‘z hissasini qo‘sha oladi”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting