locale OZ

Shatskix: O‘zbekiston terma jamoasi faqatgina Husonov va Shomurodovdan iborat emas

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Kiyevning “Dinamo” klubining afsonaviy hujumchisi va O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Maksim Shatskix Dynamo.kiev.ua nashriga bergan intervyusida milliy jamoamizning 2026 yilgi jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanma olganini izohladi.

— “Men umuman ‘yulduzlar’ degan tushunchani to‘g‘ri qabul qilmayman. Ha, Shomurodov hozir ‘Roma’da, Husonov esa ‘Manchester Siti’da to‘p surmoqda. Husonov hali yosh, kelajagi oldinda. Agar maqom jihatidan qaralsa — ularni yulduz deb atash mumkin. Lekin O‘zbekistonda Eron chempionatida o‘ynayotgan kuchli futbolchilar ham bor”, — dedi Shatskix.

Uning ta’kidlashicha, terma jamoa tarkibida Rossiya, Turkiya va boshqa chempionatlardagi futbolchilar ham bor:

— “Ikki nafar futbolchimiz Rossiyada, yana bir nechtasi Turkiyada o‘ynamoqda. Umuman olganda, hozirda jamoamiz tarkibi juda sifatli”.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi Abduqodir Husonov 2025 yil boshida Fransiyaning “Lans” jamoasidan Angliyaning “Manchester Siti” klubiga 40 million funt evaziga o‘tgan. Eldor Shomurodov esa 2021 yili “Jenoa”dan “Roma”ga 17,5 million yevro qariybida ko‘chib o‘tgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting