«Shalke» Itan Uitliga qiziqish bildirmoqda
Bundesligaga yo‘llanma olgan Germaniyaning “Shalke” klubi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi tarbiyalanuvchisi bilan kuchayishi mumkin. Insayder Pit O'Rurkning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, 20 yoshli hujumchi Itan Uitli gelzenkirxenliklar nazariga tushgan.
Manbaga ko‘ra, “Shalke” angliyalik futbolchini doimiy asosda sotib olishga qiziqmoqda, biroq “Manchester Yunayted” futbolchini ijaraga berishni istaydi. Shuningdek, futbolchining xizmatlariga boshqa bir qator klublar ham qiziqish bildirayotgani xabar qilinmoqda.
Uitli mavsumning birinchi qismini “Northempton” klubida, ikkinchi qismini esa Angliyaning kuch bo‘yicha uchinchi divizioni vakili “Bredford”da ijarada o‘tkazdi. U jami 37 ta o‘yinda uchta gol va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylangan.