Shakira tarixda ilk bor toʻrtta Jahon chempionatida chiqish qilgan sanʼatkorga aylandi
Kolumbiyalik xonanda Shakira toʻrtta Jahon chempionatida musiqiy dastur bilan chiqish qilgan tarixdagi ilk ijrochiga aylandi. Sanʼatkor bugacha 2006, 2010 va 2014 yillardagi dunyo birinchiliklarida ham oʻz qoʻshiqlarini taqdim etgan edi.
11 iyun kuni Shakira Mexikodagi «Atsteka» stadionida boʻlib oʻtgan JCh-2026ning ochilish marosimida «Dai Dai» nomli kompozitsiyasini ijro etdi.
Musobaqaning guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi. Unda jamoalar bir davrali tizimda oʻzaro bahs olib borishadi (har bir terma jamoa uchtadan oʻyin oʻtkazadi).
Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi jamoa hamda uchinchi oʻrinni band etgan eng kuchli 8 ta terma jamoa yoʻl oladi. Musobaqa davomida jami 104 ta uchrashuv oʻtkaziladi va bu Jahon chempionatlari tarixdagi mutloq rekord koʻrsatkichdir.