locale OZ

Shahzodbek Gʻofurbekov: «Qiyin o‘yin o‘tkazdik. BuxDUni yengishga harakat qilamiz»

Birinchi liga 6-turidan o‘rin olgan «Guliston» — «Sirdaryo FA» o‘yinidan so‘ng mezbonlar yetakchi futbolchilaridan biri Shahzodbek Gʻofurbekov o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahzodbek Gʻofurbekov: «Qiyin o‘yin o‘tkazdik. BuxDUni yengishga harakat qilamiz»
photo: Guliston FK

Birinchi liga 6-turidan o‘rin olgan «Guliston» — «Sirdaryo FA» o‘yinidan so‘ng mezbonlar yetakchi futbolchilaridan biri Shahzodbek Gʻofurbekov o‘z fikrlarini bildirdi.

«Avvlambor, bu o‘yinda bizni stadiondan turib qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. O‘yin biroz qiyin kechdi. Shunga qaramay, g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. Ko‘rib turibsizlarki, maqsadimizga erishib, uch ochkoga ega bo‘ldik. Barchamiz bundan xursandmiz.

Birinchi bo‘limda hammasi joyida bo‘ldi. Faqat havo haroratining biroz issiqlik qilgani futbolchilarga ta’sir qildi. Lekin ijobiy natija uchun harakat qildik.

«Neftchi»ga qarshi bahsdagi charchoqlar sezilgani yo‘q. Garchi qiyin o‘yinni o‘tkazgan bo‘lishimizga qaramay, kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Mashg‘ulotlarda nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini bilib oldik.

BuxDU bilan ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Har holda jamoa Proliga ishtirokchisi hisoblanadi. Bor kuchimizni sarflab, g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. O‘ylaymanki, muxlislarimizni bo‘lajak bahsda quvontira olamiz», — dedi Gʻofurbekov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting