Shahnoza Mamajonova para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi
Turnirda 51 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Фото: Olympic.uz
Serbiyaning Novi-Sad shahrida para o‘q otish bo‘yicha joriy yil hisobidan ilk Jahon kubogi turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Turnirda 51 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Yetti kun davom etgan musobaqaning so‘nggi kunida milliy terma jamoamiz a’zosi Shahnoza Mamajonova (Sh1A klassi) P2 yo‘nalishidagi 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida 232.6 ochko jamg‘arib, oltin medalga ega chiqdi.
Para o‘q otish, Jahon kubogi (Novi-Sad)
P2, 10 m pnevmatik to‘pponchadan otish
Shahnoza Mamajonova (🇺🇿O‘zbekiston) — 232.6
Aysel Ozgan (🇹🇷Turkiya) — 231.5
Sareh Javanmardi (🇮🇷Eron) — 213.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist