Shahboz Umarov faoliyatini «Ordabasi»da davom ettiradi
Фото: Getty Images
O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod bo‘lgan yarimhimoyachi Shahboz Umarov faoliyatini "Ordabasi"da davom ettiradi. Bu haqda BorodAbata.kz xabar berdi.
26 yoshli xavbek allaqachon bu klub safida to‘p surgan va Qozog‘iston kubogi hamda chempionligini qo‘lga kiritgan.
Umarov birinchi davrani "Turon"da o‘tkazib, 5 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Keyinchalik moliyaviy muammolar fonida jamoani tark etgandi.
Futbolchi O‘zbekiston chempionatiga qaytishi kutilgandi, biroq u "Ordabasi"da faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Bahrom Bobonov
Redaktor