Shahboz Umarov Bunyodkorning yangi “qaldirg‘ochi\"ga aylandi
Faoliyatining asosiy qismini xorijda, legioner maqomida o‘tkazgan hujumchi Shahboz Umarov 2026 yilni “Bunyodkor” libosida boshlaydi.
photo: Bunyodkor FK
"Yangi kunni yaxshi xabar bilan boshlaymiz.
Siz aziz muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz. O‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yayotgan jamoamiz tarkibni kuchaytirishda davom etadi.
Faoliyatining asosiy qismini xorijda, legioner maqomida o‘tkazgan hujumchi Shahboz Umarov 2026 yilni “Bunyodkor” libosida boshlaydi. Uzoq-yaqin xorijda o‘zining ajoyib o‘yini va gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Umarovdan biz ham gollar kutib qolamiz va xush kelibsan Shahboz deymiz!
Ma’lumot uchun
SHAHBOZ UMAROV
Tug‘ilgan sanasi: 9 mart, 1999 yil
Ampluasi: vinger",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor