locale OZ

\"Sevinch\" U-17 jamoasi Tojikiston ayollar milliy terma jamoasi bilan bellashdi!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Sevinch" U-17 jamoasi Tojikiston ayollar milliy terma jamoasi bilan bellashdi!
PHOTO: Telegram

Oʻz oldiga jiddiy maqsadlar qoʻygan va bu yoʻlda shahdam qadamlar bilan odimlayotgan "Sevinch" U-17 jamoasi xalqaro nazorat bahsida Tojikiston ayollar milliy terma jamoasi bilan bellashdi.

Bellashuv keskin kurashlarga hamda gollarga boy boʻldi. Tarbiyalanuvchilardan iborat yosh qizlar tajribaga boy milliy terma jamoa vakilalari bilan tengma-teng kurashdi. Biroq yakunda tajriba oʻz soʻzini aytgan holda, minimal 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Bugungi boʻlib oʻtgan bahs ham "Sevinch"ning yoshlari uchun chinakam oʻziga hos tajriba maktabini oʻtadi.

Gol mualliflari: 57ʼ Sitora Nabiyeva ("Sevinch" U-17), 6ʼ Ruziguli Xasan hamda 55ʼ Orom Nasrullayeva (Tojikiston ayollar milliy terma jamoasi)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting