«Sevinch» Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi
2026-yilning 1–21-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan AFC Women’s Asian Cup Australia 2026 final bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Xususan, 2026-yilning 18–20-yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, 20–31-yanvar kunlari Vyetnam Sotsialistik Respublikasining Xanoy shahrida futbol bo‘yicha ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvlarida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur yig‘in va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun jamoamiz murabbiyi Botir Qodirqulov hamda futbolchilar — Maftuna Jonimqulova, Maftuna Shoyimova, Shodiya Tosheva, Gulzoda Amirova, Zarina Mamatkarimova, Umida Zoirova, Lyudmila Karachik, Nilufar Qudratova va Diyoraxon Habibullayeva terma jamoaga taklif etildi.