locale OZ

«Sevinch» jamoasi tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sevinch» jamoasi tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Севинч ПФК

Ayollar futboli bo‘yicha yurtimizning eng bayroqdor jamoasi hisoblangan "Sevinch" o‘z tarkibiga mahoratli futbolchilarni qo‘shib oldi.

Jamoa bu yil ayollar o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun bahslarda ishtirok etadi. Ushbu bosqichda qizlarimiz Tailandning "College of Asian Scholars", Nepalning "APF FC" va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klublariga qarshi maydonga tushishadi.

Mazkur muhim bellashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoa rahbariyati tarkibni uch nafar tajribali futbolchi bilan to‘ldirdi:

Rossiyalik hujumchi Nataliya Simakina

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Diyora Habibullayeva

Zambiya milliy terma jamoasi vakili Agnes Musesa

“Ishonamizki, yangi futbolchilarimiz “Sevinch”ning xalqaro maydondagi marralarni zabt etishida muhim hissa qo‘shishadi”, — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting