Sevinch futbol maktabining 11 nafar tarbiyalanuvchisi terma jamoaga chaqirildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi 2026-yil 13–18-aprel kunlari Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
photo: Sevinch Fk
O‘zingizga ma’lum, “Sevinch” qizlar futbol maktabi, “Nasaf” futbol maktabi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston ayollar futbolining mustahkam poydevorlaridan biri hisoblanadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi 2026-yil 13–18-aprel kunlari Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Mazkur yig‘inga futbol maktabimizning 11 nafar tarbiyalanuvchisi jalb etildi:
Pulatova Muslima, Shomurodova Basira, Hasanova Gulsanam, Tulkinova Farangiz, Faxriddinova Ifora, Xolboyeva Xonzoda, Kurbanova Jamina, Ulugbekova Sojida, Mamashukurova Marjona, Tuxtasheva Feruza, Radjabova Jamila.
Shuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabiga futbol maktabimiz murabbiyi Mahliyo Yusupova ham jalb qilingan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor