locale OZ

\"Sevinch\" ayollar futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining bitiruv kuni boʻlib oʻtdi

Tadbir koʻtarinki ruhda boʻlganligi bilan ishtirokchilarning barchalari uchun unutilmas onlarga boy boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Sevinch" ayollar futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining bitiruv kuni boʻlib oʻtdi
photo: Sevinch Fk

Sevinch futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining bitiruv kuni boʻlib oʻtdi.

Unda dastlab "Nasaf" PFK texnik deriktori Botir Qorayev soʻngra "Sevinch" jamoasining murabbiyi Botir Qodirqulov bitiruvchilarimizni tabriklab, oʻzlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Yosh charm toʼp egalarimiz boʻlmish futbolchi qizlarimiz ham oʻz minnatdorchiliklarini bildirishgan holda, kelajakda yanayam bundanda koʻp chempionlik sari odimlashga harakat qilishlarini aytib oʻtishdi.

Tadbir koʻtarinki ruhda boʻlganligi bilan ishtirokchilarning barchalari uchun unutilmas onlarga boy boʻldi. Biz ham nafaqat futbol maktabimizni tamomlagan, balki barcha aʼzolarimizga faqat va faqat omad hamda ulkan muvaffaqiyatli gʻalabalarni tilaymiz!!!

Shu bilan bir qatorda yakunlanayotga mavsum uchun yashil maydondagi har bir pozitsiyasida harakatlanadigan eng yaxshi deb topilganlar taqdirlanishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting