«Sevilya» klubi 2026 yilning boshida sotilishi mumkin
Ispaniyaning mashhur «Sevilya» klubi sotilishi mumkin. Bitim 2026 yilning boshida yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, bir nechta xorijiy investitsiya fondlari klubni sotib olishga qiziqish bildirgan. Soʻnggi yillarda «Sevilya»da asosiy aksiyadorlar oʻrtasida hokimiyat uchun ichki kurash davom etib kelmoqda. Bitim amalga oshishi uchun ular 2027 yilgacha oʻzaro kelishuvga erishishlari zarur.
Biroq, yangi egani klubning katta moliyaviy qarzi kutmoqda. «Sevilya» rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, qarz 100 million yevro atrofida, ammo ayrim manbalar bu raqam 200 million yevrodan oshishi aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirda klubni Gixarro, Karrion, Ales va Kastro oilalari boshqaradi. «Sevilya» prezidenti lavozimida esa Xose Mariya Del Nido Karrasko faoliyat yuritmoqda.