locale OZ

“Sevilya” hujumchisi golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi

26 yoshli futbolchi raqib jamoa muxlislariga nisbatan provokatsion harakat qilgan.
“Sevilya” hujumchisi golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Sevilya” klubi hujumchisi Isaak Romero La Liganing 8-turida “Levante”ga qarshi uchrashuvda gol urganidan so‘ng qizil kartochka oldi. 26 yoshli futbolchi golni nishonlash vaqtida raqib jamoa muxlislariga nisbatan provokatsion harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

Romero uchrashuvning 90+5-daqiqasida gol urib, “Sevilya”ni 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng u barmog‘ini labiga qo‘yib, mezbon jamoa muxlislarini jim bo‘lishga undadi. Bosh hakam Adrian Kordero Vega ushbu harakatni provokatsiya deb baholab, hujumchiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

Qizil kartochka olgan Romero maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Oradan besh daqiqa o‘tib, “Levante” futbolchisi Ifeani Ndukve hisobni tenglashtirdi. Natijada uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi va “Sevilya” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” 8 turdan so‘ng 14 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Levante” esa 6 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan. Isaak Romero joriy mavsum Ispaniya chempionatida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting