Sevilya bosh murabbiyini ishdan bo'shatdi - uning o'rnini Kaparros egallaydi
13 aprel kuni Ispaniyaning "Sevilya" klubi jamoa bosh murabbiyi Garsiya Pimienta bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi. Oradan bir kun o‘tib, 14 aprel kuni klub rahbariyati Xoakin Kaparros bosh murabbiy etib tayinlanganini ma'lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 69 yoshli mutaxassis 2024/25 yilgi mavsum yakunlangach, jamoani rasmiy boshqarishni boshlaydi. Mazkur kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor qilinmagan. Kaparros uchun bu "Sevilya"dagi to‘rtinchi bosh murabbiylik davri bo‘ladi. U 2000–2005 yillarda, 2017/18 mavsumida hamda 2018/19 yilgi mavsum oxirida o‘n bir o‘yin davomida jamoani boshqargan.
Ayni paytda "Sevilya" La Liganing 13-o‘rnida bormoqda — jamoa 31 o‘yindan so‘ng 36 ochko jamg‘argan. Klubning navbatdagi uchrashuvi 32-tur doirasida "Alaves"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20 aprel kuniga belgilangan.