Sesk Fabregas Chaxanog‘luga yuqori baho berdi: «U xuddi Pirlo, Modrich va Kroos kabi»
Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Inter» yarim himoyachisi Xoqon Chaxanog‘lu haqida o‘zining hayratini yashirmadi. Kecha, 21 aprel kuni Italiya Kubogi yarimfinali doirasida «Komo» o‘z maydonida «Inter»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.
«Menga Chaxanog‘lu juda yoqadi, u xuddi Pirlo, Modrich, Kroos kabi... Dunyoda unga o‘xshash futbolchilar juda kam. Futbolchi sifatida unga oshiqman. Uni bunday yuqori saviyada ko‘rish haqiqatan ham hayratlanarli, u jamoani oldinga boshlaydi», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Nikolo Skira.
Italiya Kubogi finalida «Inter» jamoasi «Latsio» — «Atalanta» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi.