Serxio Ramos faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin
«Monterrey» klubining ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Milan News xabar bermoqda.
Futbolchi 2025yil oxirida Meksika klubini tark etadi, biroq u hozircha faoliyatini yakunlash niyatida emas.
Ramosning asosiy maqsadi — 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish. Manbaga ko‘ra, futbolchi vakillari allaqachon «rossonerilar» rahbariyati bilan uning ehtimoliy transferi yuzasidan suhbatlashgan.
Joriy mavsumda tajribali himoyachi klub safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Apertura yakunlariga ko‘ra, «Monterrey» 31 ochko bilan Meksika chempionati jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi va hozirda pley-off bosqichida ishtirok etmoqda. Musobaqa yarim finalida «Monterrey» «Toluka»ga qarshi maydonga tushadi.