Serrano: «Agar «Real» Vinisius bilan shartnomani uzaytirmasa, uni shu yozda sotib yuborishi mumkin»
"Qirollik klubi" rahbariyati yaqin orada futbolchining shartnomasi bilan bog'liq masalani hal qilish niyatida.
ФОТО: Getty images
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi borasidagi pozitsiyasini aniqlab oldi, deb xabar bermoqda ispaniyalik jurnalist Miguel Serrano.
"Qirollik klubi" rahbariyati yaqin orada futbolchining shartnomasi bilan bog'liq masalani hal qilish niyatida.
"Real"ning asosiy vazifasi — Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish. Biroq, agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, klub futbolchini shu yozning o'zidayoq sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin", — dedi Serrano ijtimoiy tarmoqlardagi jonli efirda.
"Madrid"da qat'iy kayfiyatlar hukm surmoqda va yangi mavsum arafasida noaniqlikka yo'l qo'ymaslik uchun braziliyalik forvardning kelajagi bilan bog'liq masalani cho'zishni istashmayapti.