locale OZ

Serlot va Goretska «Milan»ga oʻtishga rozi boʻldi

«Rossonerilar» yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serlot va Goretska «Milan»ga oʻtishga rozi boʻldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Serlot «Milan»ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Italiya klubi norvegiyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga va u uchun 20 million yevro hamda bonuslar taklif qilishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretska ham «Milan»ga o‘tishga rozilik bergan, biroq u avval mavsumni yakunlab olishga ruxsat so‘ragan. «Rossonerilar» germaniyalik futbolchi uchun yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma tayyorlab qo‘yishgan.

Mavsum yakuniga qadar Goretska boshqa jamoalardan foydaliroq takliflar olishi ehtimoli yo‘q emas, biroq «Milan»da ushbu kelishuvni yakunlangan deb hisoblashmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting