locale OZ

Serlot Chempionlar Ligasida xet-trik qayd etgan «Atletiko»ning ikkinchi futbolchisiga aylandi

Avvalroq Madrid klubi «Bryugge»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serlot Chempionlar Ligasida xet-trik qayd etgan «Atletiko»ning ikkinchi futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Serlot «Bryugge»ga qarshi javob o‘yinida (4:1) uchta gol urib, jamoasini nimchorak finalga olib chiqdi.

Shu tariqa, norvegiyalik forvard klub tarixida Chempionlar Ligasining bir o‘yinida xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha «matraschilar» safida faqat Mario Manjukich 2014 yilda ushbu natijani qayd etgan edi. Oradan 12 yil o‘tib Serlot bu natijani takrorladi.

Dastlabki bahsdagi 3:3 hisobidan so‘ng, Madridda zafar quchgan «Atletiko» 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular keyingi bosqichda «Liverpul» yoki «Tottenhem» bilan to‘qnash kelishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting