locale OZ

Serjiu Konseysau mavsum yakunlangach «Milan»ni tark etadi — qaror qabul qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serjiu Konseysau mavsum yakunlangach «Milan»ni tark etadi — qaror qabul qilindi
Serjiu Konseysau mavsum yakunlangach «Milan»ni tark etadi — qaror qabul qilindi

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Serjiu Konseysau 2024/25 yilgi mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Calciomercato nashri xabariga ko'ra, klub rahbariyati 50 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emas. Italiya Kubogidagi ehtimoliy g'alaba ham bu qarorga ta'sir qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Konseysau o'tgan yil dekabrida «Milan»ni qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa Italiya Kubogi yarim finalida «Inter»ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Final 11 may kuni soat 18:00 da Toshkent vaqti bilan «Bolonya»ga qarshi o'tadi.

A Seriyada 34 turdan so'ng «Milan» 54 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionatda «Napoli» (74 ochko) peshqadamlik qilmoqda, keyingi o'rinlarda «Inter» (71) va «Atalanta» (65) joylashgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting