Sergiu Konseysau — «Al-Ittihod» bosh murabbiyi (Romano)
Hozirda jamoa Saudiya chempionatida 4 ta turdan so‘ng 9 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallagan.
ФОТО: Getty images
Saudiya chempionatining o‘tgan mavsumdagi g‘olibi “Al-Ittihod” nihoyat yangi murabbiy masalasini hal qildi.
Insayder Fabrizio Romano yozishicha, Jidda klubi portugaliyalik mutaxassis Sergiu Konseysau bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Tez orada rasmiy e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya amaldagi chempioni mamlakat proligasida “An-Nasr”ga (0:2) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Loran Blanni iste’foga chiqargandi.
Hozirda jamoa Saudiya chempionatida 4 ta turdan so‘ng 9 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallagan.
50 yoshli Konseysauning so‘nggi klubi “Milan” bo‘lgan va u o‘tgan mavsum oxirida “rossoneri” bilan xayrlashgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist