locale OZ

Sergey Tashuev: «Bunday o'yin hammaga foydali»  

“Andijon” hamda Rossiyaning “Yenisey” (1:1) jamolari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Sergey Tashuev “Andijon” matbuot xizmati uchun fikrlarini bildirdib o'tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Tashuev: «Bunday o'yin hammaga foydali»  
photo: Andijon fk

“Andijon” hamda Rossiyaning “Yenisey” (1:1) jamolari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Sergey Tashuev “Andijon” matbuot xizmati uchun fikrlarini bildirdib o'tdi.

- O'yin haqida fikringiz qanday?

- Yaxshi sparring. Raqib tarkibida mahalliy va xorijlik futbolchilar borligi o'yinning qizg'in o'tishiga sabab bo'ldi.

- Bir so'z bilan aytganda, “Andijon” sizda qanday taassurot qoldira oldi?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, tarkib yaxshi va shunga mos ravishda bahsimiz ancha qizg'in kechdi. Ammo futbolda o'sishning chegarasi bo'lmaydi. Shunaqa nazorat bellashuvlari orqali murabbiylar qaysi jihatlarga urg'u berishni bilib olishadi.

- O'yindan ko'nglingiz to'ldimi?

- Umumiy ma'noda so'rayapsizmi yo jamoamning o'yini to'g'risidami?

- Umumiy ma'noda...

- Albatta, ko'nglim to'ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy to'qnashuv guvohiga aylandik. Bunday o'yin hammaga foydali. Binobarin, tarkibdagi yosh futbolchilar uchun rosa asqotadi.

- Jamoamizdagi qaysi futbolchilar sizda yaxshi taassurot qoldira olishdi?

- O'yinchilaringizning ism-shariflarini bilmayman. Menga ko'proq hujum chizig'ining o'ng qanotidagi futbolchingiz ma'qul keldi. Ammo, rostini aytsam, bellashuv davomida butun e'tiborim shogirdlarimda bo'ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting