locale OZ

Sergey Lushchan: \"Natijalarga va jadvalga kuzda qaraymiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Lushchan: "Natijalarga va jadvalga kuzda qaraymiz"
PHOTO: Telegram

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Surxon"-"Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

"Lochinlar" ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi gaplar bilan boshladi.

- "Surxon"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Yomon o‘yin ko‘rsatdik, deb o‘ylamayman. Raqibimizning g‘alabasi haqqoniy bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ehtimol, uchrashuv durang bilan tugaganida adolatli bo‘lmasdi.

- O‘zgarishlardan so‘ng ham "Navbahor" yomon o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q. Jamoa o‘yinini qanday baholaysiz?

- Bugun biz raqibga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadik. Ishonch ko‘rinmayapti, biz bunday o‘yin qurayotganimiz yo‘q edi. Hali oldinda bellashuvlar bor, to‘g‘ri ishlashga harakat qilamiz. Futbolda har bir jamoada shunaqa holat bo‘lib turadi. Natijalarga va jadvalga kuzda qaraymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting